BITIRUVCHI - 2018

2018-yilning 27 iyun kuni Toshkent shahridagi I.M.Gubkin nomli Rossiya Davlat neft va gaz Universtiteti Filialida “BITIRUVCHI-2018” tadbiri tantanali ravishda o’tdi. 7 yil davomida Filial talabalar bitiruvini amalga oshirmoqda. Filial 10 yillik faoliyati davomida o’zini 800 dan ortiq yuqori darajali, mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlovchi OTM sifatida tavsiya qildi. Bu yil yana 110 ta bitiruvchilar neft va gaz sanoati mutaxassislari qatoridan o’rin olishadi.

Basavlat investitsiya g’aznasi va resurslarga boy baza O’zbekiston neft va gaz sanoatini kompleks rivojlanishiga yo’l qo’yib, ilg’or texnologiyalarni joriy etishga katta hissa qo’shmoqda. Bunda Toshkent shahridagi I.M.Gubkin nomli Rossiya Davlat neft va gaz Universtiteti Filialining hissasi kam emas.

Talabalar yangi ta'lim tizimi asosida bilim oladilar, zamonaviy va katta talabga ega kasblarni o’zlashtirishadi. Bu ularga hayotda munosib o'rin egallash imkonini beradi, universitetning ta'lim faoliyati samaradorligini, xalqaro maydonda raqobatbardoshligini namoyish etadi.

Filial bitiruvchilari yuqori darajadagi bilim va amaliy ko'nikmalarni namoyish etdilar, ularning aksariyati "O'zbekneftegaz" MXK korxonalari va Respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan xorijiy kompaniyalarning mas'ul lavozimlarida ishlashmoqda.

Tantanali tadbir ikki qismdan tashkil topdi: diplom topshirish marosimi va bitiruv kechasi. Tadbirga "O'zbekneftgaz" MXK rahbarlari va vakillari, Fanlar akademiyasi prezidenti, O'zbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari, vazirlik va idoralar vakillari, Respublika oliy o'quv yurtlari rektorlari taklif qilindilar. Tantanali tadbirni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, "O'zbekneftgaz" MXK boshqaruvi raisi A.Sultonov ochib, bitiruvchilarga tabrik so’zlari bilan murojat qildi. Bitiruvchilarni I.M.Gubkin nomli Rossiya Davlat neft va gaz Unversiteti prorektori V.Koshelev, director o’rinbosari- ijrochi direktor A.Magrupov tabkirlashdi. Zalda o’tirganlarning olqishlari sadosiga bitiruvchilar diplom va sovg’alar bilan taqdirlanishdi. O’qish davomida o’zini faol, namunali tomondan tavsiya qilgan a’lochi talabalar maxsus sovg’alar bilan taqdirlanishdi. Talabalar va ularning ota-onalari Filial xodimlariga o'z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

Diplomlarning tantanali taqdimoti yakunida talabalar o'z bitiruvchi qalpoqlarini yuqoriga otishdi, Filial foyesida fotosessiya va kofe-breyk tashkil etildi. Bayramona kayfiyat Filialning har bir burchagida his qilindi, bitiruvchilarning yuzlarida quvonch, porlab turgan ko’zlarida ko'z yoshlari bor edi.

Tadbirning ikkinchi qismini (bitiruv kechasi) yetakchilar - Magomedali Idoyatov va Sabina Sagadeeva ochishdi. Tadbir Filialning foyesi va bitiruvchilarning xiyobonida bo'lib o'tdi. Tadbirda o'zbek estradasi yulduzlari, DJ, talabalar tanlovlari va chiqishlari, bayramona ziyofatlar namoyish etildi.