Bitiruvchilarni taqsimlash: birinchi ish faoliyatining kafolati

Mana to'qqiz yildirki, neft va gaz sanoatidagi 10 dan ortiq korxona va tashkilotlar, shu jumladan xorijiy operatorlar bitiruvchilarga qiziqish bildirib kelmoqdalar.

2020 yil 12 iyunda I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti (MTU) ning Toshkent shahridagi filialida 2019-2020 o'quv yilining davlat grantlari va to'lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan bitiruvchilarini taqsimlash bo'yicha komissiya a'zolari, shuningdek, potentsial ish beruvchilar ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Bu yil filialda 260 talaba o'qishni muvaffaqiyatli tugatdi, shundan 116 nafari davlat granti va 144 talaba to’lov-shartnoma asosida o'qidi. Asosiy buyurtmachilar: «O'zbekneftegaz» OAJ, «O'ztransgaz» OAJ, "O'zlitneftgaz" OAJ, "O'zbekgeofizika" AJ, "O'zkimyosanoat" AJ. Bundan tashqari, komissiya ishida "Uzbekistan GTL" MChJ, "IGIRNIGM" OAJ, "Jizzax Petroleum" MChJ QK, "Lukoyl Uzbekistan Operating Company" MChJ, "Eriell Group", "Enter Engineering PTE Ltd" kompaniyasi mutasaddi hodimlari faol ishtirok etdilar.

Shunisi quvonarliki, bu yil O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi bitiruvchilarga bo'lgan ehtiyojlarini bildirdilar.Shuni ta’kidlash kerak-ki, bugungi kunda filial O'zbekiston Respublikasining neft va gaz sanoati uchun yuqori malakali kadrlarni birlashtirish manbai hisoblanadi, filial talabalari xalqaro standartlarga muvofiq sifatli ta'lim olmoqda, o'quv va ishlab chiqarish integratsiyasi dasturi muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilmoqda, bu esa, bitiruvchilarga ishchi kasblarni egallashga imkon beradi.