Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashda O'zbekiston mavqeining yuksalishi

6 dekabr kuni I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (MTU) universitetining Toshkent shahridagi Filialida UTP-17-01-02 akademik guruhi 3-kurs talabalari orasida odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash olib borishda mamlakatning mavqeini oshirishga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi. Seminarda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmasining odam savdosiga qarshi kurashish bo'limi vakillari, podpolkovnik Saidazimov Said Fazliddinovich, podpolkovnik Xo'jaeva Zuhra Adxamovna, shuningdek Filialning professor-o'qituvchilari, akademik guruh murabbiylari.

Ekspertlar o'z chiqishlarida so'nggi yillarda respublikada fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish boyicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilganligini ta'kidladilar. Jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, shu jumladan odam savdosi va majburiy mehnatni bartaraf etish kabi ustuvor yo'nalishlarda kompleks chora-tadbirlar ko'rilmoqda, deb ta’kidlab o'tdilar.

Xodjaeva Z.A., mamlakatimizda odam savdosi qurbonlarini aniqlash, himoya qilish va ijtimoiy tiklash, fuqarolarga tibbiy, psixologik va boshqa yordam ko'rsatish bo'yicha samarali choralar korilayotganini gapirib o'tdilar. Bolalar mehnati yo'q qilish, qishloq xo'jaligi ishlarida, obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirishda kattalarning majburiy mehnatdan foydalanishni toxtatish choralari ko'rilganligini  ma’lum qildi. Ushbu sohada fuqarolik jamiyati va xorijiy nodavlat tashkilotlari vakillari bilan o’zaro aloqalarni ta'minlash bo'yicha ishlar olib borilayotganiniga to'htalib o'tdi.

Saidazimov S.F. U vakolatli organlar o’rtasida tegishli idoralararo hamkorlikning yo'qligi, ushbu yo'nalishda olib borilayotgan ishlar to'g'risida xolis va ishonchli ma’lumotlarning keng jamoatchilikka etkazilmasligi, qonunchilik bazasining xalqaro standartlarga mos kelmasligi kabi qator salbiy omillarga talabalar diqqatini tortdi.

Ma'ruzachilar tomonidan mamlakatimizda ushbu muammoni bartaraf etish bo’yicha keng ko’lamli choralar ko'rilayotgani ta'kidlanib o’tildi. Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo'yicha milliy komissiya tuzilgani, ushbu sohadagi jinoyatlarni aniqlash, tergov qilish, oldini olish va ularga qarshi kurashish amaliyotini o’rganish, monitoring olib borish, tahlillash, baholash va ta'sirchan choralar ko'rish vazifalari belgilanganligiga e’tibor qaratildi. Ko'rilayotgan chora-tadbirlar mamlakatimizning xalqaro maydondagi mavqeini yuksaltirishga  qaratilayotganiga urg'u berildi.

Seminar mavzusi bo’yicha talabalar qiziqarli savollar berdilar, malakali tavsiyalar va amaliy maslahatlarga ega bo'ldilar.