Kimyoning qiyinchiliklari to'g'risida - "Erkin Radikallar" to’garagi

I.M. Gubkin nomli Rossiya Davlat neft va gaz (MTU) universitetining Toshkent shahridagi filialida talabalar ko'p sonli to’garaklar doirasida, shu jumladan “Umumiy kimyo va neft va gaz kimyo” bo'limining “Erkin radikallar” to’garagida turli xil fanlarni o'zlashtiradilar.

Birinchi kurs talabalari uchun navbatdagi uchrashuv 2019 yil 18 oktyabrda bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar amaliy misollar orqali atom tuzilishini, kimyoviy bog'lanishlarni va noorganik moddalarning asosiy sinflarini, shuningdek stexiometrik qonunlarga oid masalalarni echish usullarini batafsil o'rganib chiqdilar.

To'garak etakchisi – uchinchi kurs talabasi Temur Ismoilov birinchi kurs talabalariga birinchi oraliq nazorat ishining o'nlab masalalarining yechimlarini tahlil qilib berdi va "Umumiy kimyo" fanining o’tilgan mavzulari bo'yicha talabalarni qiziqtirgan savollarni batafsil yoritib berdi.

E'tiborli tomoni shundaki, to'garak darslarida yangi multimedia uskunalaridan foydalanilgan. Zamonaviy texnik jihozlarning qo’llanilishi birinchi kurs talabalariga kislotalar, asoslar, oksidlar va tuzlarning fizikaviy va kimyoviy xossalarini o'rganishda, shuningdek energiya sathi va quyi qatlamlarda elektronlarni to'ldirish qoidalaridan foydalanib, elementlar atom va ionlarning elektron va elektron-grafik formulalarini tasvirlab berishda, atomlar orasidagi kimyoviy bog'lanish turini aniqlashda yordam berdi.            

"Umumiy kimyo va neft va gaz kimyosi" kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi, texnika fanlari nomzodi Navbaxor Abduraxmanova ta'kidlaganidek, "Erkin radikallar" to’garagi doirasidagi mashg'ulotlar barcha kurs talabalari uchun o'tkaziladi, ularga amaliy masalalarni echish orqali ma'ruza mavzularini tushunishda, murakkab professional atamalarni o'rganishda, yangi texnik jihozlanuv esa o’zlashtirish jarayonini qulay va qiziqarli qilishga yordam beradi.Ведущий кружка – студент третьего курса Тимур Исмаилов наглядно проанализировал первокурсникам решения десятков задач первой промежуточной контрольной работы, подробно осветил интересующие их вопросы по пройденным материалам дисциплины «Общая химия».

Svobodnie_radikali_18.10.2019_1

 

 Filial matbuot xizmati.Suratda:
Birinchi kurs talabalari – “Erkin Radikallar” klubining a'zolari.
Surat Navbaxor Abduraxmanova.