Til – do’stlik ko’prigi

12 оktyabr kuni I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi Filialida joylashgan Talabalar uyida, O’zbekiston Respublikasi “Davlat tili to’g’risida”gi Qonunini qabul qilinganligining 30-yilligiga bag’ishlangan “Til – do’stlik ko’prigi” deb nomlangan badiiy kecha tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Filialning “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i Shukurova L.R., ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i Abduraimova B.B., “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” bo’limi o’qituvchilari Usmanova A.A., Shaliyeva E.S., Dyomina E.I., URG-19-02, UTS-19-01, UTS-19-02 akademik guruhlarning 1 kurs talabalari ishtirok etdi.

Kechada so’zga chiqqanlar o’zbek tilining go’zzaligi, uning milliy o’zligimiz, boy ma’naviy va madaniy merosimiz, xalqimizning istiqbolini aks etuvchi ramzi ekanligi to’g’risida gapirib o’tdi. Milliy tilimizning rivojiga hissa qo’shgan buyuk olim va adibshunoslar tilga olindi. Davrani olib boruvchilar tilning xalqaro hamkorlikni o’rnatish uchun muhimligi, mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishidagi ahamiyati ta’kidlab o’tdi. Turli tillarning mavjudligiga e’tibor qaratildi. Talabalar tojik, qozoq, rus, qoraqalpoq, koreys tillarda nutq so’zladi. Taniqli shoirlarning  asarlarini o’qib eshittirdi. Arab tilining go’zalligi va madaniyati to’g’risida qizg’in bahs bo’lib o’tdi.

Badiiy kecha davomida viktorina o’tkazildi, talabalar o’zlarining bilimi va tilga bo’lgan ishtiyoqini namoyish etdi. Viktorinada ishtirok etganlar rag’batlantiruvchi sovg’alarga ega bo’ldi.

O’tkazilgan kechada universitetimizning talabalari va o’qituvchilari o’rtasida madaniyatlararo til munozarasi orqali do’stlik ko’prigini o’rnatishga imkoniyat berilgani shubhasizdir.