“Davlat tili to’g’risida”

11 оktyabr kuni I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi Filialida, O’zbekiston Respublikasi “Davlat tili to’g’risida”gi Qonini qabul qilinganligining 30-yilligiga bag’ishlangan tarbiyaviy soat o’tkazildi. Mazkur tadbirda universitetning 1va 2 kurs talabalari, akademik guruhlarning ustoz-murabbiylari, professor-o’qituvchilar ishtirok etdi. “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” mavzusida taqdimot namoyish etildi.

Filialning “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” bo’limi o’qituvchilari Usmanova A.A., Shukurova L.R.lar talabalarga milliy tilimizning umumbashariy qadriyatlar va tarixni aks etuvchi mohiyati, u siz hech bir xalq o’zligini tushunib etolmasligi to’g’risida gapirib o’tdi. Til muomala uchun kerakligi, o’ziga xos hususiyatga ega bo’lgani, millatning ma’naviy salohiyatini ko’rsatib turishi ta’kidlanib o’tildi. Aynan u xalqning o’tmishini va davlatning rivojini namoyon etishga haqlidir.Bu haqda yuksak lirikaning betakror namoyondalarini yaratgan hamda o’zbek tilining keng imkoniyatlarini, uning boyligi, nazokatliyligi va jozibadirligini yoritib o’tgan Alisher Navoiy ham yozib o’tkanini e’tirof etish lozim.

Davlat tilida she’r va qo’shiqlar yangradi. Talabalar Alisher Navoiy, Zahiriddin Muxammad Bobur sheriyatiga mansub o’z bilimlarini namoyish etdi. Buyuk ajdodlarimizning g’azallari va ruboiylarini o’qib eshittirdi.