“Chet tillarini o‘qitish va amaliy tilshunoslik” bo‘yicha IX xalqaro konferensiyaga ilk bor Toshkent mezbonlik qiladi

Ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or g‘oyalarni yuzaga chiqarish maqsadida Toshkent shahri O‘rta Osiyoning bu sohada eng katta tadbiri hisoblangan “Chet tillarini o‘qitish va amaliy tilshunoslik” bo‘yicha IX xalqaro konferensiyaga mezbonlik qiladi. Konferensiya chet tillarni o‘qitish va amaliy tilshunoslik sohasiga qiziquvchi barcha o‘qituvchi, tarbiyachi, tadqiqotchi va bo‘lg‘usi mutaxassislar uchun tajriba maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

Bu galgi konferensiyaning asosiy mavzusi til ta’limi hamda amaliy tilshunoslikda duch kelinadigan dolzarb trendlar, shu bilan birga qator muammolar va ularning yechimiga bag‘ishlanadi. Konferensiya olti mamlakatda joylashgan 12 universitet hamkorligida tashkil etilayotgan bo‘lib, unda Avstarliya, Yangi Zellandiya, AQSh, Yevropa Ittifoqi, O‘rta Osiyo, Yaponiya, Janubiy Koreya singari 40 dan ortiq davlatdan 350 ga yaqin delegat qatnashishi ko‘zda tutilgan.

Anjumanning rasmiy tillari o‘zbek, rus va ingliz bo‘lib, konferensiyada nutq mazkur  tillarda taqdim qilinadi hamda tadbirdan so‘ng saralangan maqolalar University Press Publications nashrining maxsus sonida, xorijiy hamkor jurnallarda, shuningdek, “Xorijiy tillarni o‘qitish va amaliy tilshunoslik jurnali” — Journal of Foreign Language Teaching and Applied Linguistics’da (J-FLTAL) chop etiladi.

O‘zbekistonda ilk bor bo‘lib o‘tadigan ushbu konferensiya nafaqat nazariy bilim va ko‘nikmalar ulashish, balki madaniyatlararo tajriba almashish, yangi hamkorlik imkoniyatlarini ochish uchun ham amaliy vosita vazifasini  o‘taydi.

Anjuman tashkilotchilari:

  • Koreya xalqaro aloqalar universiteti;
  • Gubkin nomli Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali;
  • ERIELL Prof Education

“Daryo” konferensiyaning rasmiy axborot hamkoridir.

Konferensiya manzili: Gubkin nomli Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali.

Konferensiyada qatnashish uchun quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

 

“Chet tillarini o‘qitish va amaliy tilshunoslik” bo‘yicha IX xalqaro konferensiyaga ilk bor Toshkent mezbonlik qiladiKarimov Fondi ta’lim grantlarining 2019-yilgi g‘oliblari ma’lum qilindi

18.04.2019