Karimov Fondi ta’lim grantlarining 2019-yilgi g‘oliblari ma’lum qilindi

Lola Karimova-Tillyayeva xorijda tahsil olish imkonini beruvchi Karimov Fondi ta’lim grantlarining 2019-yilgi g‘oliblarini e’lon qildi.

Tanlov oktabr oyida e’lon qilingan bo‘lib, unda O‘zbekiston oliygohlarining 300 ga yaqin bitiruvchilari ishtirok etgan. Tanlov natijalariga ko‘ra, quyida keltirilgan 10 nafar o‘zbekistonlik yoshlar g‘olib bo‘lgan:

  1. Ahmadaliyev Jamshid (Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti bitiruvchisi);
  2. Gapporxonov Orifxon (Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika univeriteti bitiruvchisi);
  3. Javgashev Erlan (Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bitiruvchisi);
  4. Fayzulina Svetlana (Toshkentdagi Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti bitiruvchisi);
  5. Almatov Artur (Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika univeriteti bitiruvchisi);
  6. Rajabov Jamshid (Toshkent shahridagi I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali bitiruvchisi);
  7. Xushvakov Jaloliddin (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bitiruvchisi);
  8. Sheraliyev Sherdor (Toshkent shahridagi I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali bitiruvchisi);
  9. Shoikromov Shotemur (Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti bitiruvchisi);
  10. Nuritdinov Timur (Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti bitiruvchisi).

Xabarda aytilishicha, Karimov Fondining avvalgi, 2017 va 2018-yillardagi grant dasturlari natijalariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonlik 22 nafar yigit-qizlar Germaniya, Italiya, Rossiya va Polshaning nufuzli oliygohlarida o‘qimoqda.

Karimov Fondi ta’lim grantlarining 2019-yilgi g‘oliblari ma’lum qilindi

18.04.2019